Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident e’tirofidan keyin Aziza Shonazarova Sharqshunoslik institutida faxriy professor va kafedra mudiri bo‘ldi
10.03.2020 10:11,  
740

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘zbeklar orasida birinchi bor AQShdagi Kolumbiya universiteti professori bo‘lgan yosh olima Aziza Shonazarova bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov, institut rahbariyati, professor o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirda Aziza Shonazarovaga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori unvoni berildi.

Shuningdek olimaning tajribasidan foydalanish hamda talabalarda ilm-fanga rag‘batini oshirish maqsadida Aziza Shonazarova institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

Avvalroq, o‘zbeklar orasida birinchi bor Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga Aziza Shonazarova qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

AQShdagi eng nufuzli universitetlar birida Aziza Shonazarova “Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia” (O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQShning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va 2 ta yo‘nalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

Shuningdek, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida Aziza Shonazarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан