Prezident farmoni bilan Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan (PF–6069-son, 24.09.2020 y.) Shuhrat Madaminovich G‘aniyev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat G‘aniyev bunga qadar Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, prezident farmonlari bilan:

Xayrullo Xayitbayevich Bozarov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib (bunga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan); 

Shavkat Shokirdjanovich Abdurazakov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi (bunga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan) etib tayinlandi.