Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyini ko‘zdan kechirdi
9.05.2020 15:27,  
225

Shon-sharaf muzeyida shonli tarix o‘z ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan.

Shavkat Mirziyoyev muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Bu yerdagi eksponatlar Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga katta hissa qo‘shgan xalqimizning jasoratini tarannum etishga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladi.

- Bu muzeyning paydo bo‘lishi adolatning tiklanishi demakdir. Tariximizning bir qismi bo‘lgan urush voqealarini bir joyda namoyon etadigan bunday maskan yo‘q edi. Bu ishlardan maqsad-muddaoimiz - xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan buyuk hissasini tarixga muhrlab qo‘yish, yosh avlodlarga yetkazish. Yuz yillardan keyin ham odamlar kelib, urush voqealari va oqibatlarini, tinchlik qadrini bilishi kerak, - dedi Prezident.

Muzey oltita bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limda respublikamiz aholisining frontga safarbar etilishi, jang maydonlaridagi jasorati aks ettirilgan. Ikkinchi bo‘lim “O‘zbekiston – front uchun ishonchli tayanch qo‘rg‘oni” deb nomlangan. Keyingi bo‘limda urush yillarida yurtimizdagi ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohalari namoyish etilgan. 4-bo‘lim “Urush va g‘alaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi” deb atalgan bo‘lsa, navbatdagi sho‘’bada urush yillaridagi badiiy adabiyot, san’at va matbuot haqida hikoya qilingan. «Mardlar jasorati mangu yashaydi» nomli 6-bo‘limdan 33 jildlik «Xotira» kitobi, shuningdek, bayram munosabati bilan nashr

Shavkat Mirziyoyev Shon-sharaf muzeyida har bir qo‘mondonlikning o‘z joyi bo‘lishi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib, ularning ekspozitsiyalarini to‘ldirib borishi zarurligini ta’kidladi. Harbiy xizmatchi va kursantlarni, yoshlarni bu yerga olib kelib, ularda mardlik, fidoyilik ruhini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан