Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident hokimlarni ogohlantirdi
23.07.2019 22:52,  
30

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 iyul kuni o‘tkazilgan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya to‘lash borasida tizimli yondashuv yo‘qligi tanqid qilindi.

Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda ko‘p miqdorda kompensatsiya to‘lovlari kelib chiqmoqda.

Hokimliklar buziladigan binolarning o‘rnida yangi korxonalarni qurish bo‘yicha investorlarni topib, kompensatsiya to‘lovini ularning hisobidan to‘lanishini ta’minlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.

– Barcha hokimlarni qat’iy ogohlantiraman – asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart, – dedi davlat rahbari.

Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya to‘lash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан