"Dunyoda oziq-ovqat narxlarining o‘sishi, inflyasiya xavf-xatarlari kelgusi yilda oziq-ovqat xavfsizligi eng dolzarb masala bo‘lib qolishini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Shu bois, viloyat hokimlari o‘z hududida baliq yetishtirish holatini tahlil qilib, tadbirkorlar va aholi xonadonlariga barcha sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tizimli shug‘ullanishi zarur", dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan besh yilda baliq yetishtirish hajmi 6 baravarga oshib,
joriy yilda 400 ming tonnaga yetkaziladi.
Shunday bo‘lsada, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida hosildorlik haligacha gektariga 3-4 tonnani tashkil etmoqda. Sababi, ushbu hududlarda intensiv baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 10 foizidan oshmayapti.