Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini oshirish uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi
9.06.2020 20:39,  
237

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun katta sinov bo‘lmoqda. Vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatyapti. Jahon bankining prognozi bo‘yicha 2020 yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQShda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, O‘zbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy o‘sish bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘tgan uch oyda yurtimizda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so‘m soliq imtiyozlari berildi, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 3,6 trillion so‘m ajratildi.

Yig‘ilishda prezident yangicha yondashuv va instrumentlarni qo‘llash orqali joriy yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlar borligini ta’kidlab, shu boradagi 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi.

Birinchi – iqtisodiyot va byudjet barqarorligini ta’minlash;

ikkinchi – kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish;

uchinchi – bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish;

to‘rtinchi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish;

beshinchi – eksport salohiyatini oshirish va valyuta tushumlarini ta’minlash;

oltinchi – sanoatda raqobatbardoshlikni kuchaytirish;

yettinchi – kichik biznesni rivojlantirish;

sakkizinchi – raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан