Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident karantinni yumshatish borasida muhim qadamlarni taklif etdi
29.04.2020 21:30,  
705

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

Yig‘ilishda Prezident respublikamizda sanitar-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlashib borayotganini hisobga olib, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, karantindan bosqichma-bosqich chiqish bo‘yicha navbatdagi qadamlarni qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladi.

"Birinchidan, sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti va fuqarolarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda, shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat berish kerak. Bunda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya ushbu topshiriqning ijrosini so‘zsiz ta’minlash chorasini ko‘rsin.

Ikkinchidan, pishib yetilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish uchun viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berish lozim.

Misol uchun, ilgari Farg‘ona vodiysidan Qamchiq dovoni orqali poytaxtimiz va boshqa viloyatlarga katta hajmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilar edi. Hozir bu yo‘l yopib qo‘yilgan. Yoki Samarqand viloyatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Zarafshon shahri va boshqa hududlarga ko‘plab mahsulotlar olib borilar edi. Bu ishlar ham hozir to‘xtab turibdi. Shuning uchun Bosh prokuror boshchiligidagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash komissiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylarga yetkazib berish bo‘yicha 24 soat ishlaydigan uzluksiz tizim tashkil etish topshiriladi.

Ichki ishlar vazirligi dehqon va fermer xo‘jaliklarining avtotransport vositalarini hududlararo postlarda kutib olish, ularni tashkil etilgan yarmarkalar va savdo nuqtalariga tartib bilan kuzatib borishni ta’minlasin.

Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi sotish uchun olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylarda aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, savdo maydonchalari, yarmarka va bozorlarga yo‘naltirib borsin.

Uchinchidan, aholi orasida kasallikka chalinish dinamikasi pasayib borayotganini inobatga olib, fuqarolarimiz tomonidan shaxsiy avtotransportdan foydalanishga cheklovlarni ham sekin-asta yumshatish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Respublika komissiyasi tegishli cheklovlar o‘rnatilgan hududlarda aholi tomonidan ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha hamda kechqurun 17:00 dan 20:00 gacha shaxsiy avtomashinalardan foydalanishga ruxsat berilishini ta’minlasin.

Bunda:

shaxsiy avtotransportdan, birinchi navbatda, fuqarolarimizning ish joyiga, tibbiyot muassasalariga borishi va uyiga qaytishi, iste’mol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilishi uchun foydalanishi;

maxsus ruxsatnomalarga (stikerlarga) ega va yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan fuqarolar esa shaxsiy avtotransportda hech qanday cheklovsiz harakatlanishi mumkinligi belgilansin.

Shu bilan birga, hurmatli olimlarimizga, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlariga, professor-o‘qituvchilarimizga sanitariya-gigiyena normalarini ta’minlagan holda o‘z laboratoriya va kafedralarida kundalik ishlarini davom ettirishlariga ijozat berish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ular ilmiy va o‘quv jarayonlarini tashkil etishga asta-sekin tayyorgarlik ko‘rib borishlariga, men o‘ylayman, vaqt berishimiz kerak.

Albatta, vaziyatimiz yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin biz karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarimizni yanada dadilroq davom ettiramiz", dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан