Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Karim Kamolovning ta’ziya marosimlarida qatnashib, uning oilasiga hamdardlik bildirdi (foto)
24.08.2020 09:29,  
381

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha 23 avgust kuni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolov xotirasiga bag‘ishlangan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga borib keldi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Jamolovich Kamolov 22 avgust kuni 65 yoshida vafot etdi. Marhum Buxoro shahridagi «Hazrati Imom» qabristoniga dafn etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi.

Ma’lumot uchun: Karim Kamolov 1955 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirib, mehnat faoliyatini qurilish sohasida boshlagan. 1994-2007 yillarda Buxoro shahri hokimi sifatida samarali mehnat qilgan. Karim Jamolovich 2007-2017 yillarda «20-trest» mas’uliyati cheklangan jamiyat raisi bo‘lib ishlagan. U 2017 yildan Buxoro shahri hokimi, 2020 yil fevraldan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida mehnat qildi.

Karim Kamolovning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari munosib taqdirlanib, u «Do‘stlik», «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida Karim Kamolov xonadoniga kelib, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi, judolikni yengishda sabr-toqat tiladi.

Davlatimiz rahbari marhumning el-yurt farovonligi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi.

  • Rahmatli Karim aka juda yaxshi inson edi, beg‘ubor qalb egasi, noyob mehnatsevar kishi edi. Buxorodagi o‘zgarishlarga ko‘p mehnatlari singgandi. Rejalari ham ulkan edi. Beqiyos halollik va sadoqat bilan, o‘zini o‘ylamay, odamlarning manfaati uchun ishladi. Bir paytlar adolatsizlik tufayli boshidan kechirgan kunlari ham uning sog‘lig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. U kishining fidokorona xizmatlarini davlatimiz, xalqimiz aslo unutmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Shu kuni prezident Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolov xotirasiga bag‘ishlangan ta’ziya marosimlarida ishtirok etib, Buxorodan Toshkentga qaytib keldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан