Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident mahalliy investorlarni rag‘batlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
26.05.2020 23:41,  
109

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 26 may kuni investitsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

– Har bir loyihani amalga oshirishdan oldin ushbu ob’yekt hudud rivojiga hamohangmi, bundan aholiga naf bormi, qancha odam ish bilan ta’minlanadi, degan savollarga javob topish shart, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungacha faqat xorijlik investorlar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlar endi mahalliy xususiy sarmoyadorlar uchun ham joriy qilinadi. Misol uchun, xususiy investor o‘z hisobidan 25 million dollardan ortiq qiymatdagi loyiha boshlasa, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari byudjet hisobidan qurib beriladi.

Shuningdek, chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni mamlakatimizga investitsiya kiritishga rag‘batlantirish va ular bilan doimiy ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан