Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilda o‘tkaziladi
17.06.2020 13:09,  
90

Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sababi - yuzaga kelgan pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog‘ligini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan o‘quvchilarning katta sig‘imli binolarda saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, shuningdek, Agentlik hamkori – Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatimizga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi.

Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga (beshinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha) hamda joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi Ro‘zi Choriyev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablariga (yettinchi sinfdan) o‘quvchilar qabuli kelgusi yilda o‘tkaziladi.

Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021 yilga qoldirilib, 2021/2022 o‘quv yilida o‘quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.

Hukumat qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ijod maktablariga qabul yettinchi sinfdan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti to‘liqligini inobatga olgan holda, 2020/2021 o‘quv yilida yangi sinflar ochilishi nazarda tutilmagan.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ya’ni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish masalasiga oid ma’lumot tegishli o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан