Prezident maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar bermoqda.
Rustam Qosimov prezident maslahatchisi, prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.