Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Mirziyoyev va Britaniya elchisi Toshkent velosipedchilar uchun qulay emasligi aytdi
5.06.2020 11:38,  
613

Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot o‘zining Tvitterlagi sahifasida barchani Jahon velosiped kuni bilan tabriklab, ularning ahamiyati haqida yozdi.

 

«Toshkentda ko‘proq velosipedda uchgim keladi, ammo shahar bu uchun qulay emas. Shunday bo‘lsa-da, hukumat shaharning velik haydashga yanada qulayroq bo‘lishi uchun ko‘proq ishlar qilishini ko‘rishdan xursand bo‘lgan bo‘lardim», degan elchi janoblari.

Kuni kecha, Shavkat Mirziyoyev ham Toshkent shahar hokimligi va Turkiyaning «Kalyon» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Toshkent shahrining transport konsepsiyasi bilan tanishish davomida bu masalaga to‘xtaldi.

Foto: president.uz

Prezident Toshkentda piyodalar va velosipedlar harakatiga ko‘proq sharoit yaratish zarurligini qayd etdi.

- Bizning yo‘llarda transport vositalariga ko‘p ustuvorlik berilgan. Aslida piyodalar harakatini, odamlarning halovati, salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkillashtirish natijasida yiliga 19 mln dollarlik yoqilg‘i tejalishi, 129 mln dollarlik taxminiy zararning oldi olinishi hisob-kitob qilingan. Yoki avtobuslar soni va yo‘nalishlarini optimallashtirish orqali yiliga 2,5 mln dollar iqtisodiy samaraga erishish mumkinligi aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан