Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident nomidan yuritilgan soxta profil egasi aniqlandi
24.03.2021 19:26,  
248

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida noma’lum shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev nomidan “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida elektron manzili bo‘lgan soxta profil ochgan holda fuqarolar bilan muloqotga kirishgan.

Muloqot jarayonida o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, foydalanuvchilar bilan yozishmalar olib borgan. Tarmoq foydalanuvchilariga turli masalalarda, ayniqsa, uy-joy va bank kreditlari ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini va’da qilib, aldab fuqarolardan 50 ming so‘mdan 1,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini bank plastik kartasiga tushirgan holda o‘zlashtirib, firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida, 2021 yil 5 fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor-texnik qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, ushbu noqonuniy harakatlarni  Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 1982 y.t., M.M. sodir etganligi aniqlanib, telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro M.M. ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

                                              IIV Tezkor – qidiruv hamkorligi boshqarmasi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан