Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Nukusda baliqchilik va qishloq xo‘jaligi loyihalarini ko‘zdan kechirdi (foto)
3.10.2020 14:56,  
357

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 oktyabr kuni Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi. Bu korxona yiliga 200 tonna baliq va 5 million dona baliq lichinkalari yetishtirish, 5 ming tonna ozuqa yem tayyorlash quvvatiga ega. U shu yil iyulda faoliyat boshladi, 35 ta ish o‘rni yaratildi.

Loyihaning ahamiyati shundaki, korxonada yopiq sig‘imda intensiv usulda baliq yetishtiriladi. Ya’ni, suvdan takroran foydalanish evaziga katta hajmda suv tejaladi. Masalan, 200 tonna baliq yetishtirish uchun oddiy sharoitda 1,5 million metr kub suv sarflansa, bu yerda 250 metr kub yetarli. Bu Qoraqalpog‘iston uchun juda muhim.

Korxonada, shuningdek, qayta ishlash quvvati va muzlatgich tashkil etilgan.

Shu yerda qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi loyihalar taqdimot qilindi. Davlatimiz rahbari chorvachilikda oilaviy koopersiyalarni yo‘lga qo‘yib, parrandani ko‘paytirib, go‘sht narxini arzonlashtirish choralarini ko‘rish muhimligini ta’kidladi. Hududda yer va suvning aniq hisobini yuritish, bunga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан