Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Oliy Majlis tasdiqlagan qonunga imzo chekmadi
30.04.2020 19:02,  
2990

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan, Senati tamonidan ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun kiritilgan “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolanmasdan qaytarildi. 

Ta’kidlash kerak bunday holat Yangi O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba yuz berdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov xabar qildi.

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha Oliy Majlis uch harakatdan birini amalga oshiradi:
- Qonun o‘zgartiriladi va qayta imzoga kiritiladi;
- 3/2 ovoz bilan o‘zgartirilmaydi va qayta imzoga kiritiladi;
- Qonun kuchga kirmagan holatda to‘xtatiladi.

Qonunchilik palatasida Prezidentning “Salomatlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqish boshlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан