Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi
30.10.2020 17:56,  
180

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab ta’limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi. 

Videoselektor yig‘ilishida ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, ta’lim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.

Davlat rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi.

Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri.

– Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Dunyodagi zamonaviy o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikalarini o‘rganib, yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilish muhimligi ta’kidlandi. Xalq ta’limi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qo‘yildi.

Yangi metodikani samarali yo‘lga qo‘yish uchun barcha maktab o‘qituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘qitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yo‘nalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari bo‘yicha chet ellardagi ilg‘or darsliklar chuqur o‘rganib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан