Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi (video)
14.03.2020 10:21,  
585

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-610-son, 13.03.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Komissiya O‘zbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi. Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан