Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident o‘zi yozgan kitobga izoh berdi: «O‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik»
9.09.2021 12:07,  
62

Ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qurultoy davomida o‘zining yangi kitobi — «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» haqida gapirdi.

— Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman: biz o‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik. Xalqimiz bizga ishondi va inondi.

Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda.

Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida:

  • yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash;
  • fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash;
  • xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish;
  • O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
  • kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish;
  • mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasini ishlab chiqdik.

Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda, ushbu Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida, batafsil fikr yuritilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан