Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident pensiya va nafaqalarni 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi
30.07.2020 19:20,  
1420

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolandi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m etib belgilandi. Bunda o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi.

  • - eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
  • - bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
  • - zarur ish staji (7 yil)ga ega bo‘lmagan 37,5 ming nafar keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m.

Pandemiya davrida bu nima beradi?

2,8 mln keksalar, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga 2020 yil oxirigacha byudjetdan qo‘shimcha 2,5 trln. so‘m yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан