Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident qarori bilan 28 nafar qiz «Zulfiya» mukofoti bilan taqdirlandi (ro‘yxat)
7.03.2020 09:56,  
1674

Bir guruh qizlarni “Zulfiya“ nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida“gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizda ayol zotini ulug‘lash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish va ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti“ komissiyasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari bilan topshiriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.


“Zulfiya“ nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan qizlar ro‘yxati:

Ibragimova Nazokat Muxtarovna — Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti

Nuratdinova Dinara Yelubay qizi — Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Abdumo‘minova Nigora Ixtiyorovna — Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi

No‘’monova Zulfira Iqboljon qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Rajabova Nilufar Komiljonovna — O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Holikova Nozima Nematilloyevna — Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti

Ibragimova Vazira Husan qizi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Ma’rifat va hikmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati muharriri (Jizzax viloyati)

Ilhomova Sevara Davron qizi — Jizzax politexnika institutining 3-bosqich talabasi

Norchayeva Madina Norchayevna — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Olimjonova Begoyim Mansur qizi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Omonboyeva Merey Erali qizi — Navoiy davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi

Saparova Sitora Shaydullo qizi — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Azimova Dilafro‘z Alamxon qizi — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Tojiboyeva Olimaxon Ikromjon qizi — Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi

Musulmonova Kamola Husniddin qizi — Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti

Usmanova Nurinisso Olimovna — Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Muxammadiyeva Sitora Shuhratjon qizi — Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Samatova Shahnoza Ortiqboy qizi — Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Abdurazzaqova Ruxshona Ilhomjon qizi — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi

Qayimova Sabina Olimovna — Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining to‘garak rahbari (Surxondaryo viloyati)

Boltayeva Mohira Matyoqub qizi — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Jalolova Mohinur Ziyovuddin qizi — P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent viloyati)

Xabibullayeva Nozima Xayrullo qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati)

Xomidova Nasiba Yunusjon qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti

Alimova Mahliyo Mahmud qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 6-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Sharipbayeva Nazokat Quroltoy qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Dzivinskaya Yuliya Stanislavovna — 2-Respublika tibbiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Tog‘aymurodova Shahnoza Shuhrat qizi — Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан