Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident qarori bilan «O‘zbekoziqovqatxolding» tugatildi
10.09.2020 12:37,  
273

“Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.  

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga (vazirlik) bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. 

Vazirlik, jumladan, meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratadi. 

Qarorga ko‘ra, vazirlikda Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etilib, mazkur bosh boshqarma boshlig‘i vazir o‘rinbosari hisoblanadi. 

Qaror bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tugatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан