Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident raisligida yana bir bor videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
5.07.2018 00:23,  
5

5 iyuldan 5 sentyabrga qadar O‘zbekistonda “hosilga-hosil qo‘shish dolzarb ikki oyligi” e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 iyul kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bu haqda ma’lum qilindi. 

Videoselektorda mutasaddi va joylardagi rahbarlar jam bo‘lgani bois ayni kunlardagi yana bir dolzarb masala – g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi. 

Bu yil ob-havoning quruq va salqin kelishi sababli g‘o‘za rivoji 10-15 kunga, ba’zi joylarda 20-25 kunga kechikkani qayd etildi. G‘o‘za parvarishidagi qoloqlikni bartaraf etish, kafolatlangan hosil yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Bu yil davlat tomonidan oldingi yillarda bo‘lmagan barcha sharoitlar yaratib berildi, endi fermerlar ham shunga yarasha javob qilishi kerak. Oldingidek rejaning ortidan quvib, daromadni o‘ylamaydigan, hisob-kitobsiz ish qiladigan fermer bizga kerak emas. Paxta bizga rejani bajarish uchun emas, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadani oshirish, turmush darajasini yaxshilash uchun kerak, dedi Prezident. 

Yig‘ilishda bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан