Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident respublikadagi ko‘plab o‘lim holatlarining sababini aytdi
9.11.2021 17:38,  
146

Bugun, 9 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish davomida prezident kardiologiya sohasidagi muammoli masalalarni ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, 30-70 yoshdagi aholi o‘rtasida o‘lim holatlarining 53 foizi hanuzgacha yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq.

Oxirgi besh yilda yurak-qon tomir kasalliklari 20 foizga hatto yoshlar orasida ham ko‘paygan. 40 yoshdan yuqori aholining 20-25 foizida esa gipertoniya alomatlari mavjud.

O‘tkazilgan xatlovlar natijasiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 4 millionga yaqin aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bo‘lib, bu umumiy aholining 12 foizini tashkil etadi.

Xususan, bunday kasalliklarga chalingan aholi soni Namanganda – 18 foiz (450 ming), Farg‘onada – 17 foiz (600 ming), Buxoroda – 14 foiz (230 ming), Qashqadaryoda – 13 foizni (470 ming) tashkil etgan. Hududlardagi ko‘rsatkichlar mamlakat bo‘yicha o‘rtachadan yuqori.

Toshkent shahri, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida esa yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratlari qolgan hududlarga nisbatan baland.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан