Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish muddati va chora-tadbirlar dasturi e’lon qilindi
19.01.2021 18:38,  
562

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida 88,61 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Davlat rahbari hozircha o‘zining kelgusi prezident saylovlariga oid rejalarini e’lon qilmadi.

2021 yil uchun davlat dasturi loyihasining 19-bandida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash ko‘rsatilgan. 

Dasturda:

  • saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda oshirish;
  • xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturini bajarish muddati sifatida 2021 yilning 21 mart sanasi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан