Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Sergelidagi zamonaviy maktab bilan tanishdi (foto)
29.05.2020 21:40,  
904

Yaqinda Toshkent shahri Sergeli tumanining 5A mavzesida 329-umumiy o‘rta ta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni ushbu ta’lim maskani faoliyati bilan tanishdi.

Bugungacha eng katta maktablar 700 o‘rinli bo‘lardi. 329-umumiy o‘rta ta’lim maskani 1680 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Unga asos solishda 2019 yilda tashkil etilgan Prezident maktablari tajribasidan foydalanilgan.

To‘rt qavatli maktabda 48 ta o‘quv xonasi mavjud. Shundan 20 tasi fan kabineti, 14 tasi boshlang‘ich sinf xonasi va yana 14 tasi xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan. Laboratoriya va to‘garak xonalari, elektron kutubxona, tibbiyot punkti, oshxona, faollar zali, sport maydonlarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. 

Ahamiyatlisi, bu yerda bolalarni hozirdanoq aniq kasblarga yo‘naltirish, hunarlarga mehr uyg‘otish maqsadlarida kasbga yo‘naltirish xonalari tashkil etilgan, ular kerakli jihozlar, asbob-uskunalar, mehnat qurollari, mato va materiallar bilan to‘ldirilgan. 

Ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida maktabga direktor tanlov asosida, o‘qituvchilar esa test sinovlari natijasida ishga qabul qilingan.

Prezident maktab darsliklari saviyasi talabga mutlaqo javob bermasligi, o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy bilimlar asosida takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bolalarga sifatli ta’lim berish, shu bilan birga, 7-sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан