Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 18 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi
15.03.2022 20:40,  
73

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 18 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bunday tadbir mamlakatimiz tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi. 

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Ular tahlil qilinib, “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Uchrashuvda sohaning barcha bo‘g‘inlaridan 10 ming nafardan ziyod xodim ishtirok etishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан