Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi
1.12.2021 20:30,  
85

1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil 19 noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.

Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан