Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Prezident sovg‘asi” hududlarga jo‘natildi
27.12.2021 17:47,  
190

Yil so‘ngida an’anaga ko‘ra, respublika bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun “Prezident archasi” tadbiri o‘tkaziladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga shirinliklar, o‘quv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, joriy yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan 980 nafar tarbiyalanuvchisi uchun zamonaviy planshet ham sovg‘alar tarkibiga kiritildi.

Shunday qilib, joriy yilda yilda 9 ming 70 dona “Prezident sovg‘asi”dan tarkib topgan sovg‘alar tayyorlanib, hududlarga yuborildi.

“Prezident sovg‘asi” respublikamizning 10 ta hududlariga O‘zbekiston havo yo‘llari orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga esa davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport orqali yetkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi hamda sovg‘alari hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari o‘tkaziladigan Prezident archasi tadbirlarida bolalarga tantanali topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан