Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident sovrini ta’sis etilmoqda
19.05.2021 19:44,  
298

Prezident xorijiy tillarini o‘rganishni ommalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda «Nigoh» xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra:

- Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda uning hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilmoqda;

- 2021/2022 o‘quv yilidan tuman va shaharlarda 207 ta chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda;

- ta’limning barcha bosqichlari pedagoglari, magistratura va doktoranturaga o‘qishga kiruvchilar hamda davlat organlarining xodimlari uchun chet tillarini tegishli darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lish talabi o‘rnatilmoqda;

- ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi;

- 2022 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy tillardan sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan qo‘shimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

- xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishganlarni rag‘batlantirish maqsadida maktablar orasida o‘tkaziladigan prezident sovrini ta’sis etilmoqda (tuman bosqichida 100 mlngacha, viloyatlar bosqichida 250 mlngacha, respublika bosqichida 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан