Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Toshkentdan uy olish uchun propiska so‘ralmaydigan farmonni imzoladi
21.04.2020 22:19,  
3140

Bundan buyon ishdan bo‘shatilgan xodimning propiskasi «kuyib ketmaydi» va Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska talab qilinmaydi. Boshqa viloyatda yashovchi shaxslardan Toshkent shahridan uy olganda undiriladigan oshirilgan qiymatdagi davlat boji bekor qilinmoqda. Kun.uz’ manbasi xabar berishicha, prezident tomonidan 21 aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hujjat imzolandi.

Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, farmonga ko‘ra «propiska» tushunchasi bekor bo‘lib, o‘rniga «ro‘yxatdan o‘tkazish» tushunchasi kiritilmoqda.

Ilgari fuqaro davlat organidagi faoliyati davrida propiskaga kirgan, ishdan bo‘shatilganda yoki shartnomada belgilangan muddati yakuniga yetganda propiskadan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, endi bunday bo‘lmaydi. Uning propiskasi saqlab qolinadi.

Bundan tashqari, shu paytgacha er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashashi talab etilgan va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilgan bo‘lsa, farmon bilan ushbu talab bekor qilinmoqda.

Shu bilan birga, muqaddam Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar ma’lum muddat boshqa hududda yashab, o‘zlari yashagan joyga qaytib kelganda, ular hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz qayta doimiy ro‘yxatga olinishi belgilanmoqda.

Shuningdek, farmon bilan oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilanmoqda.

Farmonga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati ham uzaytirilmoqda. Hozirchaga bu muddat 10 kunni tashkil etgan bo‘lsa, farmon bilan u 15 kunga o‘zgartirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан