Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Turkiya delegatsiyasini qabul qildi
9.03.2021 21:05,  
70

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi  hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chog‘ida o‘tgan yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni mamlakatimizda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimizda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy sheriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан