Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning murojaati yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasining bayonoti e’lon qilindi
14.12.2020 23:50,  
3218

Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatida keltirilgan vajlarni o‘rganish yuzasidan.

Joriy yil 11 dekabr kunidan buyon internet tarmog‘i orqali Buxoro shahar prokurori J.Fozilov tomonidan tarqatilgan videomurojaatlarda prokuratura organlarining ayrim xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani ma’lum qilingan.

Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasining mas’ul xodimlari kiritildi.

Komissiya murojaatda keltirilgan qonunbuzarlik holatlarini joyiga chiqqan holda, J.Fozilovning barcha vajlarini bevosita o‘zining ishtirokida chuqur va xolisona o‘rganilishini tashkil etadi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан