Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Xayrulla Sa’diyevni taqdirladi
6.12.2020 17:08,  
1400

Aktyor Xayrulla Sa’diyev Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qilgan.

O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev 1940 yil 6 dekabrda Toshkentda tavallud topgan.

U 1963 yil O‘zbekiston davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. Yosh tomoshabinlar teatrida Ibrohim Ahmedov, Afandixon Ismoilov, Vohid Qodirov kabi sahna ustalaridan aktyorlik san’ati sirlarini o‘rgangan.

G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari X.Sa’diyevni keng jamoatchilikka tanitdi. Shuningdek, aktyor qator filmlarda rollar o‘ynagan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан