Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Xorazmda zamonaviy issiqxonaga tashrif buyurdi (foto)
12.03.2020 18:28,  
757

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi “Global Food Impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirdi.

“Global Food Impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyat uchun ajratilgan maydon 23 gektardan ziyod. Birinchi bosqichda 10 gektar yerda issiqxona qurilgan. 140 kishi ish bilan ta’minlangan.

Foto: president.uz

Ilgari bu joy sho‘r bosgan, qarovsiz yerdan endi har gektaridan yiliga 300-400 ming dollar miqdorida daromad olinadi.

Masalan, pomidor va bodring ko‘chatlari shu yil yanvarda hosilga kirdi. O‘tgan qisqa vaqtda 480 ming dollarlik eksport qilindi. Yil oxirigacha 4-5 million dollarlik mahsulot sotish mo‘ljallangan.

Foto: president.uz

Bu yilda 13 gektar maydonda issiqxonaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish hamda avgust oyida ishga tushirish mo‘ljallangan. Korxona to‘liq quvvatda ishlaganda yiliga 4 ming tonna pomidor va bodring, shuningdek, qulupnay, gullar va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi, jami 280 ta ish o‘rni tashkil etiladi. Mahsulotlarning 80 foizini qo‘shni davlatlar, Rossiya va Turkiyaga eksport qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

- Qishloq xo‘jaligida ilm, yangicha dunyoqarash paydo bo‘ldi. Mana, ishning ko‘zini bilsa, katta daromad olish mumkinligiga misol. Xorazmda yer sho‘rlangan. Shunday joylarda zamonaviy issiqxonalarni ko‘paytirish, 100-200 gektarga yetkazish kerak. Ham odamlarga ishchi joy, ham eksport bo‘ladi, — dedi davlat rahbari.

Issiqxona detallarini mahalliylashtirish, bozor talabidan kelib chiqib qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Foto: president.uz

Shu yerda viloyatda meva-sabzavotchilik, tomorqachilik, chorvachilik, baliqchilikni rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

MAVZUGA DOIR: Shavkat Mirziyoyev “Develop Textile” korxonasi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан