Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident xorijga chiqib ketgan mutaxassislar ro‘yxatini tuzishni buyurdi
7.01.2019 13:00,  
20

Vazirliklar va idoralar bir oy ichida chet elda yashaydigan o‘zbekistonlik yetakchi mutaxassislar ro‘yxatini tuzishi kerak. Ularning salohiyatidan O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida aytib o‘tilgan.

“Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamg‘armaga: 

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha talab etiladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini; 
  • ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy bo‘linmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini kiritsin”, - deyilgan qaror matnida.

Undan tashqari O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida OAVlar tomonidan Respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni keng yoritib borish tavsiya etilgan.

Ushbu yilning 4 yanvarida e’lon qilingan Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан