Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident: Yangi massivlardagi uylarning 1000 tasi ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz ayollar uchun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi
2.11.2021 18:42,  
100

Davlat rahbari boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, uylar narxini barqaror saqlab turish maqsadida yangi uy-joy massivlarini ichki va tashqi infratuzilma bilan ta’minlashga byudjetdan har yili 1 trillion so‘m ajratiladi.

Tadbirkorlik jamg‘armasi tomonidan quruvchilarga Markaziy bank stavkasidan oshgan qismi 24 oy davomida qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, kelgusi yili yangi massivlarda qurilayotgan uylarning 1 mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz ayollar uchun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Buning uchun 220 milliard so‘m mablag‘ qurilish tashkilotlariga oldindan o‘tkazib beriladi.

Bundan tashqari, sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytiriladi.

Sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i esa 2 baravarga kamaytiriladi. Bu 1 tonna sementning ishlab chiqarish tannarxini 7 foizga qiskartirish imkonini beradi.

Bular ham uylarning narxini sezilarli tushirishga olib keladi, - deya ta’kidladi Prezident o‘z nutqida. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан