Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Yangihayot tumanidagi farmatsevtika korxonasida bo‘ldi
25.06.2021 20:59,  
101

Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi «Dentafill Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Bu korxona 2019 yilda ishga tushirilgan. Shveysariya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya va Janubiy Koreyadan eng zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bugun bu yerda 20 dan ortiq farmakologik guruhga mansub 172 dan ziyod dori vositasi va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Yillik quvvat 60 million dona

Prezident korxona ishlab chiqarilgan dori vositalarini ko‘zdan kechirdi.

- Farmatsevtika bo‘yicha katta imkoniyatlarimiz bo‘la turib, bundan foydalanilmas edi. Hozirgacha katta xarajatlar evaziga chetdan dori-darmon olib kelinyapti. Shuning uchun biz zaminni mustahkam qilayapmiz. Avvalo, kadrlar tayyorlash, innovatsiyalarni joriy qilish, ilmni rivojlantirishga e’tibor qaratyapmiz. Endi ishlab chiqarish ham sifatli bo‘ladi, - dedi davlatimiz rahbari.

Bu korxonaga Farmatsevtika instituti talabalarini jalb etib, nazariyani amaliyot bilan mutanosib olib borish zarurligi ta’kidlandi. 

Korxonada Yevropaning yetakchi kompaniyalari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti va Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu mahsulotlarning turini ko‘paytirish va sifatini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

Mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahalliylashtirish darajasi 65 foizga yetgan. Shveysariyaning BFS texnologiyasi asosida in’yeksion preparatlarni polimer ampulalarda ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Lateks xomashyosidan jarrohlik qo‘lqoplarini ishlab chiqarish texnologiyasi ham o‘zlashtirildi. Korxonada 360 kishi ish bilan ta’minlangan.

Yiliga 25 million dona dori vositalari Kuvayt, Rossiya, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. 

Hozir dunyoda tabiiy giyohlardan tayyorlangan dorilarga talab ortmoqda. Korxonada yurtimizda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni ekstraksiya qilish, ulardan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ustida ham izlanishlar olib borilmoqda.

Prezidentimizga Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion farmatsevtika klasteri qurilishining borishi haqida ham ma’lumot berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari jurnalistlar bilan muloqot qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан