Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident «zamonaviy qishloq»larning Andijon tajribasini yaratish kerakligini ta’kidladi
21.05.2020 21:28,  
220

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chog‘ida «Zamonaviy qishloq» loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Shu borada Paxtaobod tumani Bo‘stonobod qishlog‘i hamda Qo‘rg‘ontepa tumani «Yangi hayot» mahallasi uchun dastlabki reja ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, qishloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, ko‘p qavatli uylar quriladi. Ular, avvalo, bir uyda ko‘pchilik yashayotgan, muhtoj oilalarga beriladi.

Davlatimiz rahbari bu borada Andijon tajribasini yaratish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun alohida loyiha ishlab chiqish, «Zamonaviy qishloq»dagi uylarni boshqa turar joylarga nisbatan arzon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka kreditlari asosida yakka tartibdagi uylarni qurish-ta’mirlash loyihalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан