Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Zulfiya mukofotiga oid farmonni imzoladi: Mukofot komissiya rahbari o‘zgardi
18.03.2021 11:48,  
627

Prezident Farmoni bilan bir qator Prezident hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi hamda ayrimlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Jumladan, endilikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadi hamda unga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

(Ilgari mazkur komissiya O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida faoliyat yuritgan)

Shuningdek, Prezidentning tegishli qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

(Ilgari tegishlicha viloyat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan)

Bundan tashqari, profilaktika katta inspektori (ushbu lavozim mavjud bo‘lmaganda profilaktika inspektori) fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан