Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentga taqdimoti o‘tkazilgan binoning poydevori qiyshiqligi 6 oy o‘tib ma’lum bo‘lganligi rostmi?
10.04.2021 22:29,  
769

Xabaringiz bor, joriy yilning 8 aprel kuni poytaxt Toshkent markazidagi ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan “Navro‘z” qabullar uyi buzib tashlandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ushbu binoning buzilishiga bino poydevorining yillar davomida 27 sm qiyshayganini sabab qilib ko‘rsatmoqda. 

“Mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfsizligini hamda bino, inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi.

Bino va inshootlarning mavjudlik davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali:

•    Xavfsizligini, konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligi;

•    seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;

•    foydalanish davrida yong‘in xavfsizligi;

•    salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;

•    imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini;

•    energiya tejamkorligini oshirishni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Toshkent shahrining qiyofasini zamonaviy, ilg‘or shaharsozlik va arxitektura talablariga hamda dunyoning rivojlangan davlatlari standartlariga mos bo‘lgan yangi innovatsion texnologiya va yechimlar, shuningdek, shaharsozlik yutuqlarini qo‘llash orqali ko‘p turdagi binolar qurilmoqda va rekonstruksiya qilinmoqda. Jumladan, "Navro‘z" kompleksini ham zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qilish maqsadida batafsil texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

"Navro‘z" kompleksi 1980 yillarda o‘sha davrning texnik reglamentlari, shaharsozlik talablari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan.

Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra:

•    bino poydevori ostiga uzoq yillar davomida namlik o‘tganligi sababli 27 smga qiyshaygan;

•    asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning mavjud holati ularda katta hajmdagi kuchaytirish ishlarini amalga oshirishni taqazo qiladi;

•    yong‘in xavfsizligini ta’minlash va energiya tejamkorligini oshirish choralarini ko‘rish talab qilinadi.

Qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblarga ko‘ra katta mablag‘larni talab qilmoqda va iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rindi.
Shu sababli:

•    aholi xavfsizligi;

•    konstruktiv mustahkamligi va barqarorligi;

•    seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;

•    yong‘in xavfsizligi;

•    salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;

•    imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini hisobga olgan holda "Navro‘z" kompleksi o‘rnida barcha texnik va zamonaviy qurilish talablariga javob beradigan yangi inshoot, ya’ni kutubxona barpo etilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki oxirgi yillarda "Navro‘z" majmuasi texnik jihatdan talabga javob bermaganligi inobatga olinib, faoliyati to‘xtatilgan edi”, deyiladi xabarda.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: agar haqiqatan ham ushbu binoning poydevori 27 sm qiyshaygan bo‘lsa, nega buni 6 oy oldin payqashmadi. Axir 2020 yilning 19 noyabr kuni “Navro‘z” qabullar uyi rekonstruksiya qilinib, bu yerda Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantirilishi aytilgandi. Yana kimga? Prezidentga! 

Prezidentga taqdimotda, ushbu majmua kapital ta’mirlanib, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markazi tashkil etish rejalashtirilgani, bu yerda tadbirkorlarga ma’lumotlar ochiq va shaffof tarzda taqdim etilishi aytilgandi. Ammo bino buzilishi haqida miq etilmagandi.

Yana bir savol: bino buzib tashlanar ekan, nega unda uning tashqi qiyofasida faqat ta’mirlangan holatda taqdimotdan o‘tkazilgandi? Nega o‘rnida yangi bino qurilishi aytilmagandi? Savollar ko‘p, ammo javob berishga kelganda...

Ma’lumot o‘rnida, bugungacha “Navro‘z” qabullar uyidan davlat miqyosidagi yirik tantanali marosimlarni o‘tkazishda foydalanib kelingan. Qabullar uyi, shuningdek, to‘y marosimlari uchun ham xizmat ko‘rsatgan — deya yozmoqda ’Qalampir.uz’.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан