Samarali muzokaralardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chatlar o‘tqazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bu daraxtlar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonning mustahkam do‘stligi va hamkorligi ramzi sifatida yonma-yon o‘sadi.