Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan jizzaxlik erkakka jinoiy ish ochildi
19.04.2021 18:31,  
765

Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgan jizzaxlik erkakka jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1969 yil Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K. internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida «V.K.» (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilgan. O‘z chiqishlarida Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilgan.

Shuningdek, Prezidentni internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obro‘siga putur yetkazuvchi va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан