Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentning matbuot xizmati qani?
2.03.2020 14:06,  
1783

O‘zbekiston qattiq avtoritarizmdan mo‘’tadil avtoritarizmga, so‘ngra demokratiyaga tinch va bo‘hronlarsiz o‘tishga urinar ekan, juda malakali davlat mulozimlar sinfi kerak bo‘ladi. Chunki, qattiq avtoritarizmdagi asosiy hokimiyatni amalga oshirish vositasi – kuch ishlatish, majburlash mexanizmlari bo‘lgan ekan, yangi sharoitlarda – ishontirish malakalarini parvarishlash, rag‘batlantirish uchun moddiy va ma’naviy resurslar shakllantirishi kerak bo‘ladi.

Odamlarni shu paytgacha mahrum qilib boshqarib kelgan tizim, endi ishontirish orqali vaziyatni ushlab turishi kerak bo‘ladi. Ishontirish – ulkan intellektual salohiyatni, muttasil va ishonchli muloqotni nazarda tutadi.

Mening kuzatayotganim – Prezident matbuot xizmati mutlaq ishlamayapti. Prezident aytgan fikrlarni, g‘oyalarni, qarashlarni malakali va doimiy sharhlab beruvchi biron bir institut mavjud emas. Prezident u-bu fikrni, samimiy va oddiy xalq tilida aytadi, odamlar orasida esa, har xil tushunchalar bo‘lishi – tabiiy hisoblanadi. Mana shunday paytda davlat siyosatini sharhlash, unga aniqlik kiritish – yuqori darajadagi zarurat hisoblanadi.

Hozirda esa, Prezidentning fikrlarini doimiy sharhlovchi biron bir davlat instituti ko‘rinmayapti. Masalan, Prezident matbuot kotibi yoki kotibiyati bir marta bo‘lsada, savollarga javob berdimi, bitta bo‘lsa ham matbuot relizi chop qildimi? Yo‘q va bu juda g‘alati.

Odatda, dunyo tajribasida Prezident matbuot xizmatlarida juda malakali mutafakkirlar ishlashadi. Ular Prezidentni chiqishlarida nima nazarda tutilganini yozma va og‘zaki, matbuot anjumanlarida va maqolalarida, intervyu va katta anjumanlarda sharhlab borishadi. Natijada, jamiyat o‘zining muammolarini, Prezidentning qarashlarini, davlat siyosatining yo‘nalishlarini juda yaxshi tushunib olishadi.

Demokratiyaga o‘tish uchun, ma’lum muvozanat nazarda tutiladi. Jamiyatdagi muammolarni eshitish, anglash, ularni tizimli hal qilish uchun, barcha davlat institutlari juda samarali ishlashi lozim bo‘ladi. Agar Prezident bir haftada 15-20 talab katta yig‘ilishlar o‘tkazsa-yu, ko‘plab tadbirlarda fikr bildirsa, lekin Prezidentning qarashlarini malakali sharhlab beruvchi institut bo‘lmasa, yaxshi ishlamasa – bu davlat rahbarining qisman yeki jiddiy obro‘ysizlanishiga olib keladi.

Obro‘sizlangan hukumatda esa, odamlar fikridan hadiksirash, tanqidlardan bezillash, apatiya va jamoatchilik fikriga ishonchsizlik kuchayib borish muammosi paydo bo‘ladi. Xalqparvar hukumat – tanqid qilanayotgan va tanqidlarga chidayotgan hukumat emas, tanqidlarni eshitib, muammolarni samarali hal qilish yo‘lida ishlayotgan hukumat hisoblanadi.

Keyingi vaqtlarda Senat faollashayapti, Qonunchilik palatasi ham jonlanayapdi. Lekin, mening nazarimda Prezident matbuot xizmati jamiyat bilan ochiq va izchil ishlamagani sababli, Prezident huddi ma’naviy himoyasiz qolgandek ko‘rinadi.

Bugun ijtimoiy kayfiyatni shakllantiruvchi asosiy markazlar – ijtimoiy tarmoqlar hisoblanadi. Siyosiy tizimni o‘zgartirishga bel bog‘lagan Prezidentga juda malakali matbuot xizmati kerak edi. Afsuski, bu borada, katta bo‘shliq ko‘rinib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан