Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentning rasmiy belgilari qabul qilindi
26.10.2021 13:52,  
277

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qonunga kiritilgan 1−1 moddaga ko‘ra, prezident O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining belgisi va shtandartiga (bayrog‘iga) ega bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, shtandart — maxsus turdagi bayroq. Xorijiy davlatlarda u prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi. Shtandart (bayroq) prezident ishtirok etadigan barcha muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamyod qabul qilish) paytida hamda prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida ko‘tariladi.

Prezident belgisi — prezidentning farqlovchi rasmiy belgisi. Bu belgi prezidentlik lavozimiga saylangan shaxsni o‘z lavozimiga yuklatilgan og‘ir vazifalarni samarali amalga oshirishida xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан