Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi
14.11.2019 12:11,  
752

Hukumat qarori (910-son, 13.11.2019 y.) bilan Asadjon Azatbekovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Asadjon Xodjayev 1995–2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi markaziy apparatida, 2001-2003 yillarda “O‘zbekiston pochtasi” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, “O‘zinfokom” Komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2003–2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2004–2011 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2018 yil avgustidan – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori bo‘lib ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан