Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Professor Favorov ​«istanlar»da koronavirus aniqlanmagani va isiriq haqida gapirdi (video)
10.03.2020 17:53,  
2197

Avval xabar qilganimizdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ning profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

MAVZUGA DOIR: Sog‘liqni saqlash vaziri: Koronavirusni biz berkitayotganimiz yo‘q, berkitishning iloji ham yo‘q

Anjumanda Sog‘liqni saqlash va epidemiologiya sohasida xalqaro ekspert, Amerika Mikrobiologiya jamiyati a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ma’lum qildi.

“Masalan, Turkiyada ham dunyodagi eng katta aeroportlari va yo‘lovchi oqimi bilan birorta ham koronavirusdan kasallangan bemor borligi tasdiqlanmadi. Xuddi bizning ”istanlar“ kabi. [Ўзбекистон, Тожикистон, Қозоғистон, Туркманистон ва Қирғизистон давлатларининг номи ”истон“ билан тугашини назарда тутган бўлиши мумкин — таҳририят] Markaziy Osiyo davlatlarining birortasida kasallik borligi tasdiqlanmadi.

Darvoqe, Avitsenna (ibn Sino) isiriq degan o‘simlik haqida gapirgan. Xonadagi zararli viruslar va infeksiyalarni o‘ldirish uchun undan foydalanishgan. Albatta, men tushunaman, bu kulgini keltirib chiqaradi, lekin bitta faktni ko‘rib turibmiz: bizda koronavirusdan kasallanganlar yo‘q, umid qilamanki, bo‘lmaydi ham“, — dedi professor Mixail Favorov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан