Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prokuratura «IIB tomonidan urib o‘ldirilgan yigit» haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi
4.04.2021 20:23,  
965

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida 20 yoshli yigit ichki ishlar xodimlari tomonidan urib o‘ldirilganligi haqidagi xabar tarqalgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quva tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, Quva tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. 02.04.2021 yil kuni tumandagi Toshkent MFY hududi joylashgan Qo‘rg‘oncha guzari yonida piyoda harakatlanib, to‘satdan sog‘ligi yomonlashib, yiqilib vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, A.A.ning tanasida uning o‘limi bilan uzviy bog‘liq tan jarohatlari aniqlanmagan hamda marhumning o‘limiga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak-qon tomir kasalligi va ikkala buyrak polikistozi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyat prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xabar bermoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан