Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prokuratura Toshkent shahar hokimligiga nisbatan sudda da’vo ochdi
7.12.2020 11:33,  
1403

Shayxontohur tuman prokuraturasi Toshkent shahar hokimligiga nisbatan sudda da’vo ochdi.

Gap shundaki, fuqaro S. Nogayning poytaxtning Navoiy ko‘chasidagi savdo qatorlarida (sobiq «yarmarka») joylashgan do‘koni bir necha yil avval buzib tashlangan bo‘lsa-da, buning uchun sariq chaqa tovon to‘lanmagani aytiladi.

Oradan yillar o‘tib, nihoyat, fuqaroning murojaaatiga jiddiy ravishda quloq tutildi. Natijada tuman prokuraturasi uning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo kiritdi. Unda buzib tashlanganligi uchun Toshkent shahar hokimligidan mulkdor foydasiga 1.200.000.000 so‘m zarar undirish so‘ralmoqda.

«Xabar.uz» nashrining ma’lum qilishicha, Bosh prokuratura matbuot xizmati sudga da’vo ariza shu yilning 2 dekabr kuni kiritilganini tasdiqlagvn. Yaqin kunlarda sud majlisi boshlanishi ehtimoli yuqori.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан