Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritiladi
12.09.2019 14:17,  
49

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni 8-moddasining (Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish) uchinchi qismiga (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi) quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

to‘rtinchi xatboshi (Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining) chiqarib tashlanadi;

beshinchi xatboshi (Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir) to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi.

8-moddaning uchinchi qismi amaldagi tahririga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан