Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prokuratura Yakkabog‘dagi ayanchli qotillik bo‘yicha bayonot berdi
21.12.2021 15:37,  
871

Ijtimoiy tarmoqlarda «Dahshat, ayol vahshiylarcha o‘ldirildi» sarlavhali xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 21 oktyabr kuni Yakkabog‘ tumani, «Uyg‘ur» mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urishi natijasida olgan tan jarohatlari oqibatda G.X. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 22 oktyabr kuni Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан